
Mbappe va PSJ o‘rtasidagi shartnomaning ba’zi bir bandlari ochiqladi
Bu hafta Kilian Mbappening PSJ bilan shartnomasi borasidagi ba’zi bir bandlar ochiqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi klub bilan "2 + 1" ko‘rinishida bitim imzolagan. Agar Kilian xohlasagini bu kelishuv yana bir yilga uzaytiriladi. "Marca" xabariga ko‘ra, PSJ va Mbappe o‘rtasida kelishuvda tomonlar 2024 yilning yanvarigacha futbolchining taqdiri bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini aniq belgilashlari kerak. Boisi, PSJ bu yilgidek hujumchini tekinga qo‘ldan chiqarish xavfidan qochishni istamoqda.
Bundan xabar topgan ko‘plab klublar Kilianni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.
Qayd etilishicha, Kilian Mbappega Angliya Premer ligasining uchta grandi – “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va “Chelsi” qiziqish bildirmoqda. Bu klublarning har biri Mbappe bilan shartnoma imzolashga tayyor.
Fikrlar