Mbappe va Benzema o‘rtasidagi munosabatlar qanday?
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Real”dagi hamyurti Karim Benzema haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Karim ajoyib futbolchi va biz bir-birimizni juda hurmat qilamiz. Do‘stingiz bilan o‘ynasangiz, maydonda harakat qilish ancha osonlashadi. Bizning maqsadlarimiz bir: ikkalamiz ham porlashni va gol urishni xohlaymiz. Bizning munosabatlarimiz juda yaxshi”, - dedi frantsiyalik futbolchi.
Mbappening PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Oldinroq uning yozda erkin agent sifatida "Real"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Mbappe joriy mavsum Frantsiya chempionatida 17 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar