Mbappe soqqa qilishga usta ekan. U ayyorona reja tuzgani oshkor bo‘ldi

  • 24 iyun, 2023, 19:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappening PSJdan ketishi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylandi. Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, 24 yoshli futbolchi bu yoz “Real”ga o‘tmaydi. Bunga o‘ziga yarasha sabablar bor ekan.

Tecno

PSJ o‘rtadagi kelishuvga ko‘ra, Kilian Mbappe 2024 yilning yozigacha tuzilgan shartnomani oxirigacha bajarsa unga 150 million evro to‘lashi kerak. Bu summaning 90 millioni futbolchining klubga sodiqligi uchun beriladigan bonusdir.

Shu bois, Mbappe o‘zining Parijdan ketish muddatini 2024 yilning yozi, ya’ni o‘zaro bitim tugagan paytga belgilagan edi. Mbappe Parij klubi rahbariyatidan 150 million evro olganidan keyin erkin agent sifatida Madridga yo‘l oladi.

“Real” rahbariyati futbolchi klub tarkibiga bepul o‘tadigan bo‘lsa, unga 120 million evro miqdorida bonus ajratishni va har mavsum uchun 30 million evro maosh berishni va’da qilgan.

Rejaga ko‘ra, Mbappe bir 2024 yilning yozida har ikki klubdan katta miqdorda bonuslarni olishni rejalashtirmoqda.

PSJni bunga uni yozda 200 million evroga sotib yuborib, xalal berishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!