Mbappe sardorlikka loyiq emas, uni zaxiraga mixlagan bo‘lardim!

  • 9 iyul, 2024, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Emmanuel Peti hozirgi tarkibning eng mashhur futbolchisi Kilian Mpabbeni tanqid qildi.

Tecno

- Hozirgi paytda Kilian Mbappe sardor nomiga munosib emas. Chunki u mas’uliyatni etarli darajada o‘ziga olmayapti. Tabiiyki, yarim finalad maydonga tushadi. Chunki raqib Ispaniya. Boshqa holatda men uni zaxiraga mixlagan bo‘lardim, - dedi Emmanuel Peti.

Ma’lumki, Kilian Mbappe Germaniya maydonlaridagi qit’a chempionatida kutilgan darajada o‘ynay olmayapti va ko‘p tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Mutaxassislarning buni Frantsiyadagi siyosiy holat, hujumchining sport formasi yuqori emasligi va birinchi turda burnini sindirib olgani bilan izohlashga harakat qilmoqda. Mbappe chempionatda to‘rt marta maydonga tushib, bitta gol urdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!