
Mbappe: "Ronaldudek o‘ynay olaman"
"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe maydondagi pozitsiyasi haqida fikr bildirdi. Frantsiyalik yulduzning aytishicha, u Ronaldu kabi turli xil zonalarda o‘ynash oladi.
“Masalan, Ronaldu hujumda uch xil pozitsiyada o‘ynagan. Men ham bir nechta pozitsiyalarda harakat qila olaman. Eng muhimi — jamoadoshlar bilan o‘zaro tushunish, o‘yindan zavq olish. Bu men uchun eng muhim narsa. Qolgan hammasi — shunchaki gap-so‘zlar,” — dedi 26 yoshli hujumchi "La Sexta" bilan intervyusida.
Joriy mavsumda Mbappe “Real Madrid” safida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar