
Mbappe Ronaldoga o‘xshaydimi?
"Real" Madrid klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo Frantsiya terma jamoasi o‘yinchisi va PSJ klubi hujumchisi Kilian Mbappening o‘yin uslubi unikiga o‘xshashligi haqida gapirdi.
"Ha, u menga o‘xshash xususiyatlarga ega. U aqlbovar qilmaydigan sifatlarga va ajoyib texnikaga ega. Xatto yuqori tezligi ham bor.
U hali yosh, lekin allaqachon kattagina yo‘lni bosib o‘tgan. Menga Kilian yoqadi va men uni qo‘llab-quvvatlayman ", - dedi Ronaldo DAZN’ga bergan intervyusida.
Fikrlar