
Mbappe "Real"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘lishi mumkin
Madridning “Real” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
"Diario As" nashrining xabar berishicha, "qirollik klubi" Mbappega soliqlardan tashqari yiliga 35 million evro maosh taklif qilishga tayyor. Ma’lum qilinishicha, David Alaba ayni damda "Real"da eng yuqori maosh oluvchi futbolchi bo‘lib, u shartnomasi bo‘yicha deyarli 11 million evro oladi. Shunday qilib, Mbappe shartnoma imzolasa, jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.
Frantsiyalik hujumchining PSJdagi hozirgi maoshi 60 million evroni tashkil qiladi.
Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. "Transfermarkt" portali futbolchining narxini 180 million evroga baholamoqda.
Fikrlar