Mbappe “Real”dan xafa bo‘ldi
Madridning “Real”klubi hujumchisi Kilian Mbappe klub kelayotgan yozda “Liverpul” markaziy himoyachisi Ibrohim Konateni transfer qilish g‘oyasidan voz kechganini bilib, xafa bo‘ldi.
Bu haqda Defensa Central ma’lumot bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Mbappe Frantsiya milliy terma jamoasidagi sherigi mavsum oxirida erkin agent maqomida “Qirollik klubi”ga o‘tishi haqidagi xabarni xursandchilik bilan qabul qilgan edi.
Kilianning o‘zi ham Frantsiya milliy terma jamoasi ixtiyorida bo‘lgan paytlar Konate bilan “Real”da birga o‘ynash haqida juda ko‘p suhbatlashgan.
Avvalroq, ommaviy axborot vositalarida Madrid superklubi 26 yoshli himoyachining o‘yini va sport formasi pasayib ketgani sababli transferdan bosh tortgani haqida xabarlar berilgan edi.
Ibrohim Konatening o‘zi ham, “Real”ga ko‘chib o‘tish ilinjida “Liverpul”ning yangi shartnoma tuzish bo‘yicha takliflarini qabul qilmagandi. Endi mersisaydliklar o‘yinchini olib qolish bo‘yicha yangi urinishlarni amalga oshirishi mumkin.



Fikrlar