Mbappe "Real"dagi maqsadini aytdi

  • 14 noyabr, 11:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi va "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumdagi maqsadi haqida gapirdi. Hujumchi jamoaning so‘nggi ikki o‘yinda yomon o‘ynaganini tan oldi, ammo "Real Madrid" xalqaro tanaffusdan keyin yanada kuchliroq qaytishiga va’da berdi.

Tecno

"Real Madrid" mag‘lub bo‘lganda, odamlar doim ko‘p gapirishadi. Barchamizni bu mavsumdagi har bir turnirda g‘alaba qozonish maqsadi birlashtiradi", - deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Fabritsio Romano. 2025/2026 yilgi mavsumda Mbappe 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

12 turdan so‘ng "qirollik klubi" La Liga turnir jadvalida 31 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Chempionlar Ligasining asosiy turnirida Xabi Alonso jamoasi to‘qqiz ochko to‘pladi va to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!