
Mbappe “Real” taklifini ikki marta rad etgan!
Bugun jahonning eng kuchli futbolchilaridan biriga aylangan Kilian Mbappe faoliyatini qaerda davom ettirishi ko‘pchilikni qiziqtirmoqda.
Forvardning o‘zi “Real”da to‘p tepmoqchi. Madridliklar ham uni erkin agent sifatida 2024 yilning yozida klubga kelishini kutyapti.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Mbappe bungacha ikki marta “Real”ga o‘tmagan ekan. Hammasi 2015 yili boshlagan. 16 yoshida “Monako”da porlay boshlagan Kilian madridlik skautlar nazariga tushgan.
2017 yili “Real” vakillari “Monako”ga 160+20 million evro taklif qilgan. Biroq, ishga 180 million evro taklif qilgan PSJ aralashgan. Parijliklar madridliklardan farqli ravishda Mbappega asosiy tarkibdan joy kafolatlagan.
Keyin PSJ Mbappeni bir mavsum ijarada o‘ynatib, 2018 yili to‘liq transfer qildi.
O‘tgan yili yozda “Real” Mbappeni erkin agent sifatida qo‘lga kiritishga yaqin turgandi. Biroq, PSJ iste’dodli hujumchini Parijda qolishga ko‘ndirdi.
Fikrlar