
Mbappe qaysi pozitsiyada o‘ynaydi?
Bugun Kilian Mbappe "Real Madrid" futbolchisi sifatida rasman e’lon qilindi.
Matbuot anjumani davomida Kilian qaysi pozitsiyada o‘ynashi haqida gapirdi.
- Murabbiy aytgan nuqtada o‘ynayman. Eng muhimi, jamoaga yordam berishga tayyorman. Men uchun pozitsiya muhim emas, faqat o‘ynashni xohlayman, - dedi frantsiyalik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, "qirollik klubi" Mbappe bilan 2029 yilning yarmigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U jamoada 9-raqamda harakat qiladi.
Fikrlar