Kilian Mbappe: "Qancha ko‘p gol ursam, shuncha ko‘p sovrin yutirish imkoniyatimiz oshadi"

  • 1 noyabr, 15:17
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe jamoasi sovrin yutushi uchun bor imkoniyatlarini ishga solishini aytdi.

Tecno

"Men hech qachon o‘zimni cheklamayman. Maqsadim  har bir imkoniyatdan foydalanib, gol urish va jamoaga yordam berish. Qancha ko‘p gol ursam, shuncha ko‘p sovrin yutirish imkoniyatimiz oshadi. Men uchun eng muhimi  jamoaning g‘alabasiga o‘z hissamni qo‘shish. Bu gol bo‘ladimi yoki boshqa narsami  farqi yo‘q, muhimi foyda keltirish. Bu eng asosiy narsa, va men bu yo‘lda bor kuchimni bag‘ishlayman", — dedi Mbappe.

Ma’lumot uchun, frantsiyalik forvard joriy mavsumda "qaymoqranglilar" safida barcha musobaqalar doirasida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 17 ta gol va 2 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!