Mbappe qancha ko‘p gol ursa, shuncha katta pul oladi

  • 5 iyun, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” safiga ko‘chib o‘tgan Kilian Mbappening madridliklar bilan imzolagan shartnomasi bandlari bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilinmoqda.

Tecno

Xususan, COPE nashrining yozishicha, frantsiyalik futbolchi “Qirollik klubi”dan 30 million evro maosh oladi. Uning har bir urgan goliga alohida bonus ajratiladi.

Manbaga ko‘ra, Kilianning bitimida unga badal puli belgilangan. Mbappening transfer badali bir milliard evro qilib qayd etildi.

Qolaversa, Mbappe “Real” o‘yinchisi sifatida o‘zining tasviridan kelib chiqadigan foydaning 70 foizini oladi va klub bu huquqining 30 foiziga egalik qiladi.

Kilian Mbapenning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning yarmigacha amal qiladi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!