Mbappe PSJdan ketadi

  • 3 oktabr, 2022, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe kelasi yozda jamoani tark etishi kutilmoqda, deb yozdi RMC Sport nashri.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, 23 yoshli hujumchi klub rahbariyati u bilan shartnoma imzolash chog‘ida bergan va’dalarni bajarmaganidan norozi bo‘lmoqda.

Ma’lumki, Mbappe mutasaddilardan jamoaga markaziy hujumchi olib kelishni so‘ragan va bir necha hamkasbining nomini aytgan. Xususan, Kilian Robert Levandovskini kutayotgan edi.

Bu orqali Mbappe maydonda ko‘proq erkinlikka erishini rejalashtirgan edi. Lekin klub rahbariyati frantsiyalik hujumchi kutgan o‘yinchilardan birortasini olib kelolmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!