Mbappe PSJdan birinchi bo‘lib kimni haydashi aniq

  • 22 may, 2022, 16:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ yangi sport direktorga ega bo‘lishi mumkin. Bu haqda "ESPN" nashri xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, Leonardo o‘z lavozimini tark etishi kutilmoqda. Uning o‘rnida asosiy nomzod - Luish Kampush. Ayni vaqtda u "Selta"da strategik ishlar bo‘yicha maslahatchi lavozimida ishlamoqda. Bunga qadar Luish "Lill" sport direktori vazifasini bajargan. 

Qayd etilishicha, portugaliyalik varianti klub hamda Mbappe o‘rtasidagi muzokaralar jarayonida Kilian tomonidan taklif qilingan. Mbappe hamda Kampush "Monako"da birga ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Leonardo 2019 yildan buyon Parij klubi sport direktori bo‘lib ishlab kelmoqda.

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!