
Mbappe prezidentga rahmat aytdi
Kecha "Real" futbolchisi sifatida rasman tanishtirilgan Kilian Mbappe yangi klubi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men o‘zimni engil his qilyapman. "Real"ga juda kamtarlik bilan boraman. "Qaymoqranglilar" dunyodagi eng katta klub. Prezident Florentino Peresga rahmat aytmoqchiman. U menga birinchi kundan boshlab ishondi", - dedi frantsiyalik hujumchi.
Qayd etish lozim, Kilian "Real" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U yangi jamoasi safida 9 raqam ostida to‘p tepishi ma’lum bo‘ldi.
Fikrlar