Mbappe: "Poytaxtga barcha sovrinlarni olib kelishga qat’iy qaror qildim"

  • 29 dekabr, 2022, 12:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi va "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1ning 16-turi doirasidagi "Strasburg"ga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng (2:1) fikr bildirdi. Ushbu uchrashuvda frantsiyalik futbolchi qo‘shib berilgan 6-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi.

Tecno

"Kecha mening holatim oddiy edi - terma jamoa qanday natija ko‘rsatishidan qat’i nazar, "PSJ"ga bor e’tiborimni qarataman. Men barcha sovrinlarni poytaxtga olib kelishga qat’iy qaror qildim", - dedi Mbappe "GFFN" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi bilan Mbappe JCh-2022 finaliga chiqdi va u erda Argentinaga yutqazdi (3:3, penaltilar - 2:4). Final bahsida frantsiyalik futbolchi xet-trik qayd etdi.

Ayni dam "PSJ" Liga 1 turnir jadvalida 16 turdan keyin 44 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Frantsiya chempionatining 17-turi doirasidagi navbatdagi o‘yinni parijliklar 2023 yil 1 yanvar kuni "Lens"ga qarshi o‘tkazishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!