Mbappe: "O‘zimni hech qanday chegara bilan cheklamayman"

  • 17 sentabr, 06:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi doirasidagi "Marsel"ga (2:1) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi 28 va 81-daqiqalarda penaltidan ikki bor aniq zarba yo‘lladi. Hujumchi "qaymoqranglilar" safida 64 ta o‘yin o‘tkazib, 50 ta gol urishga erishdi.

 "Men iloji boricha ko‘proq gol urishga harakat qilaman, o‘zimni hech qanday chegaralar bilan cheklamayman. Men faqat jamoaga yordam berishni xohlayman. Agar gol urish kerak bo‘lsa, men uraman, agar pressing qilish kerak bo‘lsa, men buni ham qilaman", - deya Kilianning so‘zlarini keltirdi Madrid Universal.

Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalardagi beshta bahsda olti marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.

20 sentyabr kuni "Real" o‘z uyida La Liga doirasida "Espanol"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!