
Mbappe o‘zidan ketib qoldi
Frantsiya terma jamoasi va “Arsenal”ning sobiq o‘yinchisi Emmanuel Peti PSJ yulduzi Kilian Mbappeni yana tanqid qildi.
- Mbappe tezroq o‘ziga kelib olishi kerak va shunda o‘yini yanada kuchayadi. O‘z muammolariga echim topib, jamoadoshlari va muxlislar bilan munosabatini to‘g‘rilab olsin.
Hozir u hammaning asabini buzyapti, o‘zidan bezdiryapti. Kilian o‘zini jamoadan ustun qo‘ymoqda. “Monako”da o‘zini umuman boshqacha tutardi.
Uning hozirgi axloqi klub va jamoadoshlariga nisbatan hurmatsizlikdir, - dedi Frantsiya terma jamoasi safida 1998 yili jahon chempioni bo‘lgan Emmanuel Peti.
Fikrlar