
Mbappe: O‘tirib yig‘lagim keldi...
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe professional faoliyatida eng og‘ir davr haqidagi savolga javob berdi.
- Bu PSJ bilan Chempionlar ligasini boy bergan o‘yinimizdir. Sen uchrashuvni yakunlaysan, medal va kubokni ko‘rasan, lekin ular sen uchun emas. G‘alati tuyg‘u. Biroq, bu hayot.
Rostini aytsam, o‘sha vaziyatda yolg‘iz o‘tirib yig‘lagim kelgan. Shunga qaramay, bu tariximning bir bo‘lagi. Yana o‘sha darajaga qaytib, bu gal g‘alaba qozonish uchun yanada kuchli bo‘lishimiz talab etiladi, - dedi Kilian Mbappe.
23 yoshli hujumchi klublar miqyosida qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan, Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempioni ham bo‘lgan. Lekin uning sovrinlari orasida Chempionlar ligasi kubogi yo‘q.
Fikrlar