
Mbappe o‘rnini uch superfutbolchi birga bosadi
“Pari Sen-Jermen” yozda “Real”ga o‘tib ketgan Kilian Mbappe o‘rniga uchta mashhur o‘yinchini olib kelishga qaror qildi.
Parijliklar ayni paytda “Manchester Yunayted”ning hujumkor futbolchisi Jeydon Sanchoning transferini amalga oshirishga yaqin turibdi. Hozir klublar o‘rtasida muzokara ketmoqda va Sanchoning o‘zi ham Parijga ko‘chib o‘tishga rozi.
Qolgan ikki nomzod Italiya A Seriyasi yulduzlaridir. PSJ mutasaddilari “Napoli”ning asosiy figuralaridan biri Xvicha Kvaratsxeliya va “Milan” to‘purari Rafael Leau transferlari bo‘yicha ish olib bormoqda.
Sanchodan farqli ravishda Italiyada o‘ynayotgan gruziyalik va portugaliyalik yulduzlar ancha qimmat turaji. Transfer ekspertlari bu o‘yinchilar uchun parijliklar kamida 80-90 million evro xarajat qilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidlamoqda.
Fikrlar