
Mbappe o‘rnini 200 million evrolik hujumchi egallaydi
PSJ rahbariyati yozda “Real” safiga o‘tib ketishi kutilayotgan Kilian Mbappe o‘rnini bosa oladigan hujumchi topdi.
El Debate nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar “Real” hujumchisi Vinisius Junior uchun madridliklarga 200 million evro to‘lashga tayyor.
Braziliyalik forvardning o‘zi bir necha bor agar jamoaga Mbappe keladigan bo‘lsa, klubni tark etishi mumkinligini aytgan. Chunki Vinisius o‘zi o‘ynayotgan jamoaning asosiy yulduzi bo‘lishni istaydi. Mbappe kelganidan keyin bor e’tibor frantsiyalik to‘purarga qaratilishi hozirdan ma’lum.
Parijliklar katta summa tikayotganiga qaramay, Vinisiusni olish oson bo‘lmaydi. Ayni paytda bu yulduzga Angliyaning bir necha grandlari – “Liverpul”, “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, Chelsi” kabi klublar ko‘z tikmoqda.
Fikrlar