Mbappe Neymarni sig‘dirmayapti

  • 6 aprel, 2023, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ rahbariyati Kilian Mbappeni saqlab qolish uchun braziliyalik yulduz Neymardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Tecno

Sports.fr saytining yozishicha, Mbappe parijliklar bilan yangi shartnoma tuzishi uchun klub rahbariyatidan Neymarni sotib yuborishni talab qilmoqda.

PSJ mutasaddilariga bu talabni bajarish oson bo‘lmaydi. Chunki Neymarni o‘ynatish uchun bir yilda 50 million evro atrofida maosh berish kerak. Bundan tashqari, braziliyalik yulduzning keyingi paytda ko‘p jarohat olayotgani ham bo‘lajak transferni uyushtirishda katta muammo bo‘ladi.

Parijliklar bilan 2025 yilning yarmigacha shartnomaga ega Neymarning o‘zi klubdan ketishni istamayapti. PSJ xo‘jayinlari esa, Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir yangi jamoani Kilian Mbappe atrofida shakllantirish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!