
Mbappe Neymar bilan orasidagi munosabat haqida gapirdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Neymar bilan munosabatlari haqida gapirdi.
Avvalroq OAV Mbappe va Neymar o‘rtasidagi mojaro haqida xabar bergan edi. Braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda frantsiyalik futbolchining jamoada penalti tepuvchi sifatida tanlanganini tanqid qilgan postlarga “layk” bosgani bunga sabab bo‘lgan.
“Neymar bilan men har xil davrlarni boshdan kechirdik – bazida yaxshi, ba’sida esa yomon. Ammo bu bizning munosabatlarimizning ayanchli degani emas. Shuni ta’kidlash kerakk, biz bir-birimizni juda hurmat qilamiz”, - dedi Mbappe.
PSJ navbatdagi o‘yinini 6 sentyabr seshanba kuni o‘tkazadi. Kristof Galte shogirdlari Chempionlar ligasida “Yuventus”ni qabul qiladi.
Fikrlar