Mbappe Neymar bilan munosabatlari haqida gapirdi

  • 9 sentabr, 2022, 12:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Neymar bilan yaqinda yuzaga kelgan mojaro haqida gapirdi. Futbolchilar penalti tepish borasida janjallashib qolishdi. Boisi, braziliyalik futbolchiga Kilianning jamoaga asosiy penalti tepuvchi sifatida tayinlangani yoqmadi.

Tecno

“Bizning munosabatlarimiz hurmat asosida qurilgan. Ammo biroz kelishmovchiliklar bo‘lgan paytlar ham bo‘ladi. Ba’zida biz yaxshi do‘stdek suhbatlashamiz, ba’zida esa umuman gaplashmaymiz. Bizning munosabatlarimizning tabiati shunday. Lekin, har holda, oramizda katta hurmat bor”, - dedi Mbappe "The Mirror"  nashrida.

Frantsiya chempionatining olti turi yakunlariga ko‘ra, parijliklar 16 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!