
Mbappe nega gol ura olmayotgani sababi topildi
“Real”ning yangi yulduzi Kilian Mbappe samaradorligi tushib borayotgani bois ko‘p tanqidlarga duchor bo‘lmoqda.
Frantsiyalik hujumchi Chempionlar ligasi doirasida “Milan”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ham qulay vaziyatlarni qo‘ldan chiqardi va maydonni yana quruq tark etdi.
“Qirollik klubi” direktori Emilio Butrageno Kilian Mbappening nega gol ura olmayotganiga quyidagicha izoh berdi.
- Mbappeda har bir uchrashuvda yaqqol gol uradigan vaziyatlar bo‘lyapti. Hujumchining bunday imkoniyatlarga ega bo‘lishi yaxshilik belgisi. Lekin Kilianga hujumchilar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan omad etishmayapti xolos.
Mbappeda “Barselona” bilan o‘yinda ham gol urish imkoni bo‘lgandi. Ammo futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi.
Kilian jahon darajasidagi futbolchi va tez orada u yana raqiblar darvozasini ishg‘ol qila boshlaydi, - dedi Emilio Butrageno.
Mbappe yozda “Real”ga o‘tganidan beri barcha turnirlarda 15 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga sakkizta gol va ikkita golli uzatma rasmiylashtirdi.
Fikrlar
Yoki vinisius yoki mbappe