Mbappe muhitni buzyapti

  • 28 sentabr, 2022, 19:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJdan ijara asosida “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredes parijliklar hujumchisi Kilian Mbappe bilan bo‘layotgan majoralar haqida fikr bildirishdan bosh tortdi.

Tecno

- Mening Mbappe haqida biror gapim yo‘q. PSJning bir necha o‘yinchilari bilan aloqamiz bor edi. Lekin men o‘zim bilan muloqot qilmagan odam haqida biror nima demayman, - dedi Leandro Paredes.

Kilian Mbappening PSJ futbolchilari bilan ziddiyatga borayotgani haqida bir necha bor xabarlar tarqatilgan.

Xususan, yozda frantsiyalik to‘purar klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiydan jamoani argentinalik o‘yinchilardan tozalashni so‘ragani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Ma’lumki, o‘sha payt PSJda Argentina vakillaridan Lionel Messi, Anxel Di Mariya, Mauro Ikardi va Leandro Paredes bor edi. Hozir ulardan faqatgina Messi parijliklar sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!