Mbappe: "Men Ronaldudan ko‘proq gol ursam ham ulardan yaxshiroq bo‘la olmayman"

  • 16 mart, 14:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe "Vilyarreal"ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘yin va charchoq alomatlari haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. 

"Bu juda muhim o‘yin bo‘ldi. "Vilyarreal" jiddiy raqib va turnir jadvalida yuqorida joylashgan. "Atletiko"ga qarshi uchrashuvdan keyin g‘alaba qozonishimiz shart edi. Jamoa xarakter va g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqni ko‘rsatdi. 

Hamma "Atletiko"ga qarshi bahs qanday o‘tganini ko‘rdi – bu juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ikki kundan keyin yana maydonga tushish qiyin, lekin biz klub nishonini hurmat qilishimiz va bor kuchimizni berishimiz kerak. 

Mening 31 ta golim bor – bu Krishtianuning "Real"dagi ilk mavsumidan bitta kam (33). 

Lekin bu shunchaki raqamlar. Agar men Krishtianu va Ronaldodan ko‘proq gol ursam ham, bu meni ulardan yaxshiroq futbolchiligimni anglatmaydi. Muhimi – jamoaviy sovrinlar. Gollar faqat biz La Liga, Ispaniya kubogi va Chempionlar ligasini yutganimizdagina ahamiyat kasb etadi" - deya ta’rif berib o‘tdi frantsiyalik hujumchi. 

Ma’lumot o‘rnida, Kilian joriy mavsum "qirollik klubi" safida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 30 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!