Mbappe maosh olish borasida Ronaldu va Messini ortda qoldirdi

  • 17 sentabr, 2022, 23:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe 2022 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi, deya xabar beradi "Sportico".

Tecno

Manbaga ko‘ra, 23 yoshli frantsiyalik futbolchi 2022/23 yilgi mavsum uchun 125 million dollar ishlab oladi. Ushbu summaning 105 million dollari futbolchining maoshi bo‘lsa, qolgan 20 million dollar esa homiylik shartnomalaridan tushgan daromaddir.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 113 million dollar bilan ikkinchi o‘rinda (53 million dollar maosh va 60 million dollar homiylik shartnomalari), Mbappening jamoadoshi Lionel Messi esa 110 million dollar bilan uchinchi o‘rinda qayd eilgan - 62+48.

To‘liq ro‘yxat:

1. Kilian Mbappe (PSJ) - 125 million dollar (105 million maosh + 20 million dollar homiylik)
2. Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”) – 113 million dollar (53+60);
3. Lionel Messi (PSJ) - 110 million dollar (62+48);
4. Neymar (PSJ) - 91 million dollar (56+35);
5. Muhammad Saloh (“Liverpul”) – 39,5 million dollar (24,5+15);
6. Eden Azar (“Real”) – 31,3 million dollar (28,6+2,5);
7. Andres Inesta (“Vissel Kobe”) – 30 million dollar (23+7)
8. Rahim Sterling (“Chelsi”) – 29,4 million dollar (21,4+8);
9. Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”) – 29 million dollar (25,5+3,5);
10. Antuan Grizmann (“Atletiko Madrid”) 27,5 million dollar (22+5,5)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!