Mbappe Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida debyut qilishga yaqin

  • 24 iyun, 15:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning yulduz futbolchisi Kilian Mbappe 2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 3-turida maydonga tushishi mumkin. Madridning "Real" bu bosqichda Avstriyaning "Red Bull Zaltsburg" klubiga qarshi bahs olib boradi.

Tecno

"Marca" nashrining xabar berishicha, Mbappe hozircha umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazmayapti — u individual tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Eslatib o‘tamiz, hujumchi musobaqaning ilk ikki uchrashuvini sog‘liq muammolari tufayli o‘tkazib yuborgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ikki klub o‘rtasidagi guruh bosqichining so‘nggi tur bellashuvi 27 iyun kuni tonggi soat 06:00 da start olishi rejalashtirilgan. 
 
"Qirollik klubi" dastlabki turda Saudiyaning "Al-Hilol" klubi bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, 2-turda "Pachuka"ni 3:1 hisobida taslim etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!