Mbappe ketaver, o‘rningga zo‘ri bor!
“Manchester ,nyted” hujumchisi Markus Reshford jamoadan ketishi haqidagi xabar yana tarqala boshladi. Taniqli junalist Fabritsio Romano ingliz hujumchisi faoliyatini “Pari Sen-Jermen”da davom ettirishga yaqinligini ma’lum qildi.
PSJ rahbariyati Reshfordni jamoadan ketish istagida yurgan Kilian Mbappega o‘rinbosar qilib olib kelishni rejalashtiryapti.
“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvichisi bo‘lgan Reshfordning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Agar klub mavsum oxiriga qadar uni yangi kelishuvga ko‘ndira olmasa, yozda sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Joriy mavsumda Reshfordning ko‘rsatkichlari biroz pasaygan. U premer-ligada 18 ta uchrashuvda to‘rtta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi. Chempionlar ligasida to‘rtta o‘yinda bir bor to‘p kiritdi.
Transfermarkt portali Reshfordni 85 million evroga baholamoqda.



Fikrlar