
Mbappe Karlo Anchelottiga minnatdorchilik bildirdi
Madridning "Real" klubida harakat qilayotgan yulduz hujumchi Kilian Mbappe italiyalik mutaxassis Karlo Anchelottining jamoa bosh murabbiyligi lavozimidan ketishiga munosabat bildirdi:
"Mister, menga qilgan barcha yaxshiliklaringiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman. Qo‘l ostingizda ishlash men uchun katta sharaf bo‘ldi. Sizga faqatgina eng yaxshilarni tilayman" — deb yozdi frantsuz hujumchisi o‘z ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Avvalroq, Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida o‘tayotgani ma’lum qilingan edi. Uning o‘rnini "Real"da ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso egallaydi. U so‘nggi paytlarda Germaniyaning "Bayer" klubini boshqarib kelayotgan edi.
Fikrlar