Mbappe hayotida burilish yasagan voqeani aytdi

  • 17 oktabr, 15:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbarre bugungi kunda jahon futbolining eng kuchli va eng qimmatbaho ijrochilaridan biri sifatida qadrlanadi.

Tecno

26 yoshli yulduz faoliyatida burilish yasagan vaziyatni aytib berdi.

-  Faoliyatimning burilish nuqtasi “Monako”ga qo‘shilganimdir. O‘shanda men 14-15 yoshli bola edim. Akademiga qabul qilinganimda atrofimdagilar faqat men haqimda gapirardi. Bu o‘zgacha holat.

O‘sha davrdayoq men boshqalardan ajralib turishimni his qilganman, lekin bu ijoyuiy tomondanmi yoki salbiy jihatdanmi, bunisi farqiga bormasdim. Chunki o‘shanda hali yosh bola edim.

“Monako”da yuqori saviyali professional futbolchi bo‘la olishimni tushunib etganman. O‘sha akademiyada tarbiyalanish men uchun eng yaxshi variant edi. Meni Anriga qiyoslashlari yoqardi va o‘zim ham ko‘p mehnat qilardim. O‘z salohiyatimni oshirib borish zarurligini yaxshi anglardim, - dedi Kilian Mbappe.

Kilian Mbappe faoliyati davomida “Monako”dan tashqari PSJda ham o‘ynagan. To‘purar hujumchi 2024 yilning yozida erkin agent maqomida “Real”ga o‘tdi va qisqa fursatda ushbu jamoada ham etakchilikni o‘z zimmasiga oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!