
Mbappe hamma talabga javob beradi
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham sardor vakolati PSJ hujumchisi Kilian Mbappega berilganini izohlab o‘tdi.
- Kilian Mbappe — Frantsiya terma jamoasining yangi sardori. Antuan Grizmann uning o‘rinbosari. Klian bunday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish uchun barcha talablarga javob bera oladi. U jamoa ichida va maydonda muhim ahamiyatga ega figura, - dedi bosh murabbiy Dide Desham.
Kilian Mbappe sardorlik bog‘ichidagi ilk uchrashuvini 24 mart kuni o‘tkazadi. Shu kuni frantsziyaliklar Evropa chempionatining saralash turniridagi ilk bahsini Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi.
24 yoshli futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, jahon chempionatining oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar