Mbappe Grizmanning terma jamoadan ketgani haqidagi qaroriga munosabat bildirdi

  • 30 sentabr, 2024, 23:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” hujumchisi Kilian Mbappe “Atletiko”dagi hamyurti Antuan Grizmanning Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga izoh berdi.

Tecno

“Ajoyib futbolchi Frantsiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqda. Zamonaviy avlodning eng muhim o‘yinchilaridan biri.

Bizga bergan unutilmas xotiralaring uchun tashakkur, sen yillar davomida jamoaga yordam berding va uni cho‘qqiga olib chiqishga katta hissa qo‘shding.

Ba’zilar hozir faoliyatini tugatishga hali erta deb o‘ylashlari mumkin, ammo men sening qaroringni tushunaman va hurmat qilaman. Ushbu libosda o‘ynash sendan ko‘p kuch talab qiladi, lekin ba’zida u munosib e’tirofni keltirmaydi. Sen Frantsiya terma jamoasi tarixida abadiy qolasan.

Shuncha yillar davomida sen bilan birga o‘ynash naqadar sharaf va zavq bo‘lganini hech qachon unutmayman. Do‘stim, omad tilayman, rahmat”, - deb yozdi Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda.

Grizmann Frantsiya terma jamoasi safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida terma jamoa safida 137 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 44 ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!