
Mbappe Frantsiya murabbiylariga bosh ko‘tardi
Frantsiya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichida o‘z maydonida ikkita uchrashuv o‘tkazdi. Dastlab, frantsuzlar o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Italiya terma jamoasidan 1:3 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Keyingi bahsda Belgiyani 2:0 hisobida taslim qildi.
Get French Football News va L'Équipe singari manbalar Kilian Mbappe mag‘lubiyatdan keyin Dide Desham boshchiligidagi murabbiylar shtabi ishini keskin tanqid qilgani haqida xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, terma jamoaning 25 yoshli sardori ularga taktik tayyorgarlik etishmayotganligidan noroziligini ochiq bildirgan.
Shundan so‘ng, Mbappe Belgiyaga qarshi o‘tkazilgan ikkinchi uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va o‘yinga 67-daqiqada tushirildi.
Fikrlar