Mbappe eng qadrli golini qaysi jamoaga urganini aytdi

  • 4 noyabr, 15:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” etakchisiga aylanib qolgan frantsiyalik legioner Kilian Mbappe “Qirollik klubi” safida urgan eng qadrli goli qaysi ekani haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

- Odatda, men uchun eng yodda qoladigan gol oxirgisi bo‘ladi. Ammo bu safar birinchi golimni tanlayman. Bu golni “Santyago Bernabeu”da “Betis” darvozasiga urganman.

Bu o‘yin men uchun juda hayajonli edi. O‘sha gol mening “Real”dagi tariximni boshlab berdi, - dedi Kilian Mbappe Marca nashri jurnalistlariga.

Mbappe 2024 yilning 1 sentyabr kuni La Liganing 4-turida “Betis”ga qarshi o‘yinda (2:0) dubl qayd etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!