
Mbappe boshqa klubga o‘tadi
Kilian Mbappening PSJdan ketishi uning ukasi Itanning faoliyatiga ham ta’sir qildi. 17 yoshli futbolchi akasining ortidan Parijdan ketishiga to‘g‘ri keldi.
Itan Mbappe PSJga 2017 yili o‘n yasharligida olib kelingan. Shu paytga qadar poytaxt klubi tizimida futbol sir-asrorlarini o‘rgandi.
Itan o‘tgan mavsum asosiy tarkibda debyutini nishonladi va mavsum davomida besh marotaba maydonga tushdi.
Kenja Mbappe akasi ortidan “Real” tizimiga qo‘shilishni istamadi va o‘ziga yangi jamoa topdi. Endi u yangi mavsumni “Lill” safida boshlaydi.
Itan tez orada “Lill” bilan mavsumoldi tayyorgarligi boshlaydi. Frantsiya klubi yig‘in davomida “Deynze”, “Mexelen”, “Gent”, “Genk” va “Volfsburg” kabi jamoalar bilan sinov-nazorat uchrashuvlarida Mbappening mahoratini sinovdan o‘tkazadi.
Fikrlar