
Mbappe Benzema haqida gapirdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Real” to‘purari Karim Benzemani bu yilgi “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar ekanini e’tirof etdi.
- Karim 34 yoshda, u hayoti davomidagi eng muhim mavsumni o‘tkazib, Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldi va bu g‘alabaning asosiy ijodkori aynan Benzema edi. Agar men Karimning o‘rnida bo‘lib, nufuzli sovrinni qo‘lga kirita olmasam, “Oltin to‘p” nimaligini tamoman unutgan bo‘lardim, - dedi Kilian Mbappe.
Karim Benzema “Real”da 2009 yildan beri to‘p tepmoqda. Jamoaning keyingi muvaffaqiyatlari frantsiyalik hujumchi bilan bog‘liq.
Benzema faoliyati davomida klublar miqyosida 752 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 389 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 186 ta golli uzatma bergan. Shuningdek, Frantsiya terma jamoasi safida 97 ta o‘yinda 37 ta to‘p kiritgan.
Fikrlar