Mbappe barcha zamonlar rekordini o‘rnatdi

  • 7 iyul, 08:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappe AQShda davom etayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak final uchrashuvida “orussiya Dortmund” darvozasiga super gol urgan edi.

Tecno

Mbappe jamoasining 3:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shish barobarida o‘z nomiga katta rekordni ham yozdirib qo‘ydi.

Stats Foot markaziy ekspertlarining ma’lum qilishicha, Mbappe “Real” safida bir mavsumda ettita turli musobaqalarda gol urdi. Ilgari bu natija “Qirollik klubi”ning birorta futbolchisiga nasib qilmagan.

Bir yil oldin Madridga kelgan Mbappe “Real” safida jami 58 ta uchrashuvda o‘tkazib, raqiblar darvozasini 44 marotaba ishg‘ol qildi. Shu gollardan 31 tasini La Ligada, ettitasini Evropa Chempionlar ligasida, ikkitasini Ispaniya kubogida urgan bo‘lsa, Ispaniya Superkubogi, UEFA Superkubogi, Qit’alararo kubok va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida yana bittadan to‘p kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!