Mbappe 6 oy oldin Levandovskiga aloqaga chiqqani ma’lum bo‘ldi

  • 2 dekabr, 2022, 16:29
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yulduzi Robert Levandovski faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin edi.

Tecno

"Le Parisien" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, polshalik futbolchini Parijda kutishgan. May oyida Kilian Mbappe jamoa bilan shartnomasini uzaytirganidan so‘ng "Pari Sen-Jermen" rahbariyati Robertni ham olib kelmoqchi bo‘lgan. U parijliklarning asosiy hujumchisi bo‘lishi kutilgandi.

Hatto, 6 oy avval Mbappening shaxsan o‘zi Levandovskini ko‘ndirish maqsadida u bilan uchrashgan. Biroq polshalik futbolchining rejalari o‘zgargan va yakunda Robert "Barselona"ni tanlagan.

Joriy mavsum 34 yoshli hujumchi "ko‘k-anorranglilar" libosida 27 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 20 gol va 7 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!