
Mbappe - EChLning o‘tgan mavsumida eng tezkor futbolchisi
UEFA o‘z rasmiy saytida Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida eng katta tezlik ko‘rsatgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Birinchi o‘rinda PSJ forvardi Kilian Mbappe qayd etildi. Frantsiyalik futbol yulduzi "Bavariya"ga qarshi finalda 33,98 km/soat tezlikda yugurgan. Kuchli uchlikdan "RB Leyptsig" himoyachisi Lukas Klostermann (33,82 km/s) va "Atalanta" xavbeki Xans Xatebur (33,71 km/soat) joy oldi.
Fikrlar