Ma’mur Saidqosimovning o‘rnini Bekzod Aripov egalladi

CHERY AUTO
Jumladan, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan hakamlar va nazoratchilar bilan ish olib borishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamentiga yosh mutaxassis Bekzod Aripov tayinlandi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Bekzod Aripov 1989 yil 19 iyun kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2013 yilda O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. O‘z vaqtida "Chig‘atoy", "Paxtakor", "Bunyodkor" klublarida futbolchi sifatida to‘p surgan. Bungacha Bekzod Aripov O‘zbekiston Professional futbol ligasida ishlab kelayotgandi.
 
Eslatib o‘tamiz, bunga qadar ushbu lavozimda Ma’mur Saidqosimov faoliyat olib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!