
Maykl Ouen yangi mavsumda APLdagi asosiy da’vogarlarni aytdi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Maykl Ouen yangi mavsum Angliya Premer-ligasida chempionlikka eng katta imkoniyatga ega jamoalar haqida fikr bildirdi.
"Liverpul" o‘tgan mavsumda juda kuchli o‘ynadi. Ular oxirgi 4 o‘yinda faqat 2 ochko to‘plagan bo‘lsa-da, baribir 10 ochkolik farq bilan chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Bu o‘yinlarda jamoa katta harakat qilmagandi" — dedi Ouen "talkSPORT" efirida.
Ouen yozgi transferlardan qattiq taassurot olganini va yangi mavsumda "Liverpul" yana shu kabi ustunlik bilan chempionlikka etishi mumkinligini aytdi.
Uning fikricha, boshqa asosiy raqiblar — "Arsenal" va "Chelsi". "Kanonirlar" transfer bozorida yaxshi ish olib borishdi, "Chelsi" esa formaga kirib, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Fikrlar