
Mayk Din: "Ronalduga har yiqilganda penalti berish xato"
"JCh-2022" guruh bosqich 1-tur o‘yinida Portugaliya terma jamoasi Ganani 3:2 hisobida engdi. O‘yinning ikkinchi taymi o‘rtalarida Ronaldu raqib jarima maydonchasida yiqitildi. Hakam bu vaziyatda penalti belgiladi, Krishtianuning o‘zi uni golga aylantirdi.
APL sobiq hakami Mayk Din shu vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.
"Himoyachi to‘pga o‘ynadi, Ronaldu uning ortidan kelib yiqildi. Bu hakamning aybi emas, qarorni maydonda qabul qildi. VAR esa hakamni monitorga chaqirishi kerak edi. Nega u monitorga chaqirilmaganiga umuman tushunmadim.
Men odatda hakamlar tomonidaman. Lekin bu vaziyatda emas. Penalti bekor qilinishi kerak edi. Bu 100 foiz xato", - dedi Mayk.
Eslatib o‘tamiz, ikkinchi turda Portugaliya terma jamoasi Urugvay bilan baxs olib boradi. Uchrashuv 28 noyabr tungi 00:00 da bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar