
Maydonda duch kelsam, Neymarni rosa do‘pposlagan bo‘lardim!
Argentina terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Oskar Rujeri Braziliya terma jamoasi to‘purari Neymarning Amerika kubogidagi xulqini keskin tanqid qildi.
- Neymar maydonda o‘zini tutishni bilmaydi. Agar Jamoasi 4:0ga yutayotgan bo‘lsa ham, ham keraksiz fintlarni ishlatadi, to‘pni maydonning u tomonidan bu tomoniga olib yuraveradi. Peru bilan o‘yinda ham shunday qildi. Neymar boshqalardan ajralib turishi rost, lekin u Messi emas.
Peru yakson bo‘ldi, biroq Neymar ularni qiynashni to‘xtatgani yo‘q. Buni to‘xtatish uchun men maydonda bo‘lganimda, yaxshilab do‘pposlagan bo‘lardim, - dedi Oskar Rujeri.
Braziliya - Peru uchrashuvida Neymar jamoasi 1:0 hisobida zafar quchdi.
Amerika kubogining finalida Argentina va Braziliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Shu kuni Messi va Neymar o‘zaro bir biriga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar