
May oyining eng yaxshi murabbiyi, futbolchisi va goli aniqlandi
May oyining eng yaxshilari aniqlandi.
"Nasaf" jamoasi ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘tgan oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. "Ajdarlar" o‘tgan oy jami 6 ta uchrashuvda qatnashib, 4 marta g‘alaba qozondi va ikki uchrashuvda durang o‘ynadi.
"Andijon" vingeri Farhod Sohibjonovning "Neftchi"ga urgan goli esa eng chiroyli deb topildi. "So‘g‘diyona" hujumchisi Lyupche Doriev esa oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Fikrlar