Maxachev o‘rniga Felder tanlandi

  • 10 noyabr, 2020, 16:50
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC engil vazn toifasining ettinchi raqamli jangchisi Pol Felder 14 noyabr kuni Rafael dos Anosga qarshi bo‘lib o‘tadigan jangda Islom Maxachev o‘rnini egallaydi, deb xabar berdi ESPN.

Tecno

Felder oxirgi jangida Den Xukerga mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, faoliyatini tugatish haqida o‘ylayotganini aytgandi. UFC sharhlovchisi Jon Anik amerikalik jangchi 14 noyabr kuni triatlon bahslarida qatnashishga tayyorgarlik ko‘rayotgani va musobaqaga hozirlanayotganini ma’lum qildi.

Uning menejeri Brayan Batler shunday tafsilotlarni qo‘shib qo‘ydi: "Boshqa biron bir vaziyatda bu imkonsiz bo‘lar edi. Ammo Pol velosiped va basseynda telbalarcha mashq qildi. Uyqudan keyin, ertalab uning sog‘liq ko‘rsatkichlari eng yuqori cho‘qqida ekanligini ko‘rsatdi. Koinot uning jang qilishini xohlayapti."

Felder o‘zining Twitter sahifasida quyidagi fikrlarni yozdi: "Ko‘rgazma ular aytganidek davom etishi kerak. Dos Anos - afsona! Bunday lahzalar haqida nabiralarimga aytib beraman."

Jang rejalashtirilganidek, 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va "UFC Fight Night 183"ning ("UFC on ESPN + 41" yoki "UFC Vegas 14") asosiy voqeasi bo‘lib, 5 raund davom etadi. Ikkala jangchi ham tarozida 155 funt (70 kilogramm) qayd etishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!