
Maxachev: "Men bor ekanman, Aleks umuman chempion bo‘lolmaydi!"
Engil vazn toifasi (70.3kg) UFC chempioni Islam Maxachev (24-1) Aleksandr Volkanovski (26-2) pul uchungina qasos olmoqchiligini aytdi.
"Aleksni faqat pul qiziqtiradi. Men shu erda ekanman, u hech qachon engil vaznda chempion bo‘lolmaydi!", - dedi Islam.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev - Volkanovski to‘qnashuvi shanba oqshomida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 294 turniri markaziy jangida o‘tkaziladi.
Fikrlar