
Maxachev engil vazn toifasi tarixidagi eng kuchli jangchi kimligini aytdi
Engil vazn toifasi UFC chempioni Islam Maxachev Habib Nurmagomedovni mazkur divizion tarixidagi eng kuchli jangchisi deb hisoblaydi.
"Habib - engil vazn toifasi tarixidagi eng kuchli jangchi, bunga hech qanday shubha yo‘q. U yo‘lidan chiqqan raqibni mag‘lub etdi.
U mazkur divizionning qiroli! Sportdan tashqarida ham unga etadigani yo‘q. Habib ajoyib inson", - dedi Islam.
Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov oxirgi jangida Jastin Geydjini "uchburchak" uslubida bo‘g‘ib, mag‘lub etdi va shu zahotiyoq faoliyatini yakunlagan edi. Uning MMAdagi rekordi 29-0.
Fikrlar